MILLIY TREK PRO

Videofiksatsiya bilan o'lchash kompleksi

Universal kompleksi

«Milliy Trek Pro» videofiksatsiyasi bilan o'lchash kompleksi

Kompleks har xil tartiblarda (mobil, harakatlanuvchi, statsionar) YHQ buzarliklarini avtomatik ravishda foto-videofiksatsiya va qayd etilgan qoidabuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni haqiqiy vaqt tartibida MHAFM (Ma'muriy huquqbuzarliklarni avtomatlashtirilgan tarzda foto-videofiksatsiya markazi) serveriga uzatish uchun moʻljallangan. 

Muayyan qoidabuzarliklarni fiksatsiya qilish imkoniyati kompleksning tanlangan joylashuvi va ishlash tartibiga bog'liq.

  • Belgilangan tezlikdan oshib ketish (bir lahzada va / yoki o'rtacha).
  • Qarama-qarshi harakatlanish uchun mo'ljallangan bo'lakka yoki qarama-qarshi yo'nalishdagi tramvay yo'llariga chiqish.
  • Bir tomonlama yo'lda qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanish.
  • Ajratish chizig'i bo'ylab harakatlanish.
  • Jamoat transporti uchun chiziq bo'ylab harakatlanish.
  • Yo'l chetida harakatlanish.
  • Velosiped yoki piyodalar yo'llari yoki trotuarlarda harakatlanish.
  • Bo'laklarni almashtirishda davomiy yakka chizig'ini kesib o'tish.
  • Yuk tashuvchi TVni harakatlanishini taqiqlashni buzish.
  • Yuk tashish TVning ikkinchi bo'lakdan tashqariga harakatlanishi.
  • To'xtamasdan STOP belgisidan o'tish.
  • TV orasidagi minimal masofani buzish.

Eslatma:
* «Milliy Trek» seriyasining boshqa komplekslari bilan birgalikda ishlaganda yo'lning uzun qismida o'rtacha tezlikni nazorat qilish tartibini yoqish imkoniyati mavjud.  

Ko'p qirralilik - statsionar, harakatlanuvchi va mobil ish tartiblari o'rtasida tez almashish.

"Milliy Trek Pro" kompleksi tanlangan ish tartibiga qarab, trenoga yoki statsionar tayanchga o'rnatilishi mumkin. Sozlama masofadan turib Web-interfeys orqali yoki mobil kompyuter yordamida o'rnatish joyida amalga oshiriladi.

Dastlabki sozlamalar uchun talab qilinadigan vaqt sezilarli darajada qisqartirildi. Interfaol ko'rsatkichlar interfeysga kiritilgan bo'lib, ular sozlamalar sifatini aks ettiradi va sensorning holatini to'g'irlash bo'yicha tavsiyalar beradi. Bundan tashqari, kompleks YHQ buzarliklarni to‘g‘ri yo‘naltirilgan va o‘z-o‘ziga tashxis qo‘yilgan taqdirdagina foto-videofiksatsiyani boshlaydi.

Kompleks nazorat zonasidagi YHQ buzarliklarni avtomatik tarzda qayd qiladi va har bir nishon uchun zaruriy dalillar bazasini shakllantiradi: umumiy ko‘rinishdagi fotosuratlar, vizual jihatdan ajralib turadigan davlat raqami ko‘rsatilgan fotosuratlar, har bir qoidabuzarlikning videoyozuvlari va hokazo. Shu bilan birga, kompleksning nazorat zonasidagi voqealarning uzluksiz videoyozuvi olib borilmoqda.

"Kordon" va/yoki "Milliy Trek" oilasining boshqa komplekslari bilan birgalikda ikkita kompleks orasidagi yo'l qismida yoki bir-birini bog'lovchi tizimda o'rtacha tezlikni o'lchash mumkin.

Kompleks TVni asosiy toifalarga (avtomobillar, yuk mashinalari, avtobuslar) tasniflaydi. Tasniflash hech qanday ma'lumotlar bazasiga murojaat qilmasdan optik usulda amalga oshiriladi. Bu yuk TV harakatlanishini taqiqlash qoidabuzarliklarini avtomatik ravishda qayd etish, shuningdek, TV toifasiga muvofiq YHQga tezlik chegarasini avtomatik ravishda belgilashga imkon beradi. 

KOMPLEKSNING HARAKAT VAQTIDA ISHLASHI

«Milliy Trek Pro» kompleksning noyob xususiyati shundaki, uni harakat vaqtida patrul avtomobiliga o'rnatish imkoniyati mavjud.

Harakat vaqtida kompleks avtomatik ravishda o'z tezligini va boshqaruv zonasidagi transport vositalarining tezligini radar yordamida o'lchaydi. Shu bilan birga, ularning davlat raqamlari bir vaqtning o'zida tan olinadi. Harakat vaqtida ishlashga ruxsat berilgan tezlik chegarasini to'g'ri aniqlash uchun kompleks xotirasiga tezlikni cheklash joylarining belgilangan koordinatalari bilan oldindan tayyorlangan elektron xarita yuklanadi. Xarita administrator tomonidan tahrirlanadi.

Metrologik ishonchli ma'lumotlariga asoslanib, kompleks tezlik chegarasini buzganlarni avtomatik ravishda aniqlaydi va qayd etilgan ma'lumotlarni bir zumda MHAFM(Ma'muriy huquqbuzarliklarni avtomatlashtirilgan tarzda foto-videofiksatsiya markazi)ga uzatadi. 


Ish tartibi va jihozlar

"Milliy Trek Pro" komplekslari hal qilinishi kerak bo'lgan vazifalar va nazorat qilinadigan hududlardagi texnik imkoniyatlariga qarab quvvatni o'rnatish va ulashning bir necha usullariga ega. Buyurtma berishda siz kerakli o'rnatish va ishlatish to'plamini tanlashingiz mumkin.

220 V tarmoq ulanishi bilan o'rnatish
220 V tarmoqqa ulangan kronshteyn bilan tayanchga o'rnatish komplekti.
Yo'lning qatnov qismi yonida 10 metrgacha balandlikda o'rnatiladi.
Yo'lning qatnov qismi yoki ajratuvchi bo'lagi ustiga o'rnatishga ham ruxsat beriladi.

Yoritish tarmog'iga ulanish bilan
Kechasi ishlaydigan yoritish tarmog'iga ulanish uchun FFT bloklari bilan tirgak o'rnatish to'plami. Batareya doimiy ravishda FFT 24/220 bloklari orqali ko'cha yoritgichlari tarmog'iga ulanadi, bu esa uni tungi vaqtda qayta zaryadlashni ta'minlaydi.

Milliy Trek Pro

Tripodga o'rnatish
Batareya boksi tripod ustidagi to'plami bilan. To'plam planshet yoki noutbukni o'z ichiga olishi mumkin. Sensor yo'lning qatnov qismidan yon tomoniga o'rnatiladi va batareya boksiga ulanadi.

Avtomobilga o'rnatish
Avtomobilning orqa o'rindig'iga yoki yukxonasiga o'rnatilgan sensordan nafaqat mobil tarafdan, balki harakatlanish tartibda ham foydalanish mumkin.
Agar lozim bo'lsa, avtomobil nazorat qilinadigan hududga to'xtashi va kompleksni tezkor holda harakatlanish tartibga o'tkazishi mumkin.

Avtomobil tomiga o'rnatish
Avtomobil tomiga o'rnatish to'plami. To'plamga batareya boksi va noutbuk ham kiritilgan.

Milliy Trek Pro передвижной

«S-Avto» to'plami
Xetchbek, mikroavtobus, yo'ltanlamas yoki universal kuzovli transport vositalariga o'rnatish uchun to'plami. Sensor patrul avtomobilning yukxonasiga mini tripodga o'rnatiladi va qo'shimcha fiksaysiya bilan uni qattiqligi va ishonchliligini ta'minlaydi.

«D-Avto» to'plami
Yo'lovchi avtomobili ichiga kompleksni o'rnatish uchun to'plami. Sensor orqa o'rindiqqa maxsus kronshteyn yordamida, bosh suyandiq adapteri va ISOFIX standart mahkamlagichlariga o'rnatiladi. To'plam Buyurtmachi avtomobilining tuzilishi xususiyatlarini hisobga oladi (avtomobilning markasi buyurtma berilganda ko'rsatiladi).

Ikkala to'plam kompleksni quvvatlantirish uchun batareya boksi va operator planshetini o'z ichiga oladi.Kompleksni o'rnatish uchun avtomobil tuzilishiga hech qanday o'zgartirish va qo'shimcha ishlov kiritish shart emas.
Kompleksni ikkala versiyada o'rnatish 5 daqiqadan ko'proq vaqtni olmaydi.

Milliy Trek Pro мобильный

Текст

Texnik xususiyatlari

PARAMETRMA'NOSI
O'lchanadigan tezliklar diapazoni2 — 300 km/s
Tezlikni o'lchashning ruxsat etilgan mutlaq xatosi chegaralari ± 1,0 km/s
Ishlaydigan to'lqinlar tarqalish chastotasi 24,05 dan 24,25 GHz gacha 
Ichki vaqt shkalasini UTC (SU)  bilan sinxronlashtirishning ruxsat etilgan mutlaq xatolik chegaralari± 5 mks
Quvvat iste'moli (ijobiy haroratlarda)25 Vt dan oshmaydi
Sensorning og'irligi 6,0 kg dan oshmaydi

Sertifikatlar 

Muvofiqlik sertifikati № UZ.SMT.01.0049.98156488, 2023-yil 29-avgust.O 'zbekiston Respublikasi Davlat reyestrida ro' yxatdan o ' tkazildi. 2026 yil 29 avgustgacha amal qiladi.
O'lchash vositalari turini tasdiqlash to'g'risidagi sertifikati 2023 yil 28 avgustdagi 01.0038-son. O'zbekiston Respublikasi standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan berilgan. 2028 yil 28 avgustgacha amal qiladi.

Kafolat muddati - 2 yil

Tekshirish oralig'i - 2 yil

"M-CONTROL"  

Kontaktlar:

Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli koʻchasi, 45

+998 (33) 778 77 78